Hukumatning “O`zbekiston Respublikasi vakillarining o`qishini tashkil etish uchun Yaponiya hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida”gi (18.01.2021 y, 26-son) qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qarorga ko`ra, Yaponiyaning etakchi universitetlari magistratura va doktoranturasida O`zbekiston vakillarining o`qishini tashkil etish bo`yicha har yili almashinuv notalari va grant bitimlar imzolanadi.
Shuningdek, Yaponiyaning etakchi universitetlarida o`qish uchun stipendiyalar ajratiladi.
Yaponiya hukumatining 291 mln Yaponiya ienasi (2,6 AQSh dollariga ekvivalentda) miqdoridagi granti 2021-2022 yillarda foydalanish uchun taqdim etiladi.
O`qish uchun nomzodlarni tanlab olish va loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish:
O`zbekiston tomonidan – Vazirlar Mahkamasining Ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma`naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash masalalari kotibiyati, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Investisiya va tashqi savdo vazirligi;
Yaponiya tomonidan – Yaponiyaning O`zbekistondagi elchixonasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, O`zbekiston-Yaponiya Inson resurslarini rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyiha doirasida Yaponiyada tahsil olayotgan stipendiatlarning o`qishi va o`qishni tamomlagan stipendiatlarning mehnat faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib boradi.






