AsosiyJamiyat

Angren IESdagi portlash yuzasidan tekshirish boshlandi - Bosh prokuratura

'Angren IESdagi portlash yuzasidan tekshirish boshlandi - Bosh prokuratura'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko`rish uchun to`xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko`mirli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo`lganligi haqida rasmiy bayonot berilgan edi.  

Chaqnash natijasida kelib chiqqan yong`in oqibatida 3 nafar ishchi voqea joyida vafot etgan, yana 3 nafari turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.  

Bosh prokuratura hozirda mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar