AsosiyDunyo

Rossiya to`rtta mamlakat bilan doimiy aviareyslarni tiklayapti

'Rossiya to`rtta mamlakat bilan doimiy aviareyslarni tiklayapti'ning rasmi

Rossiya 27 yanvardan boshlab Finlyandiya, Vetnam, Hindiston va Qatar poytaxtlari o`rtasidagi aviareyslarni qayta tiklamoqda.

Ma`lum qilinishicha, qatnovlar boshlanmasdan avval bir qancha epidimiologik me`yorlar bajariladi.

Parvozlar jadvali:

 Samolyotlar haftasiga ikki marta Moskva - Xanoy va Moskva - Dehli yo`nalishlarida parvoz qiladi. Shuningdek, Moskva va Sankt-Peterburgdan Xelsinkiga haftasiga 2 marotaba reyslar amalga oshiriladi. 

Haftada 3 marta - Moskva yo`nalishi bo`yicha - Doxa; 

Moskva-Qohira yo`nalishi bo`yicha Misrga muntazam parvozlar soni ham ko`paymoqda - haftasiga 5 martagacha.

Rossiya ushbu mamlakatlar bilan havo orqali qatnovni pandemiya boshlangan ilk haftalarda to`xtatgandi. Rossiyadagi koronavirusga qarshi kurash shtabi yig`ilishida aytilishicha, ushbu to`rtta mamlakatda koronavirus tarqalishi qoniqarlidir.

 

    Boshqa yangiliklar