AsosiyJamiyat

Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`lida "Poyga" o`ynagan "Mercedes-Benz" va "Malibu" haydovchilari jazolandi

'Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`lida "Poyga" o`ynagan "Mercedes-Benz" va "Malibu" haydovchilari jazolandi'ning rasmi

Joriy yilning 19 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "Nukusda "Mercedes-Benz" va "Malibu" haydovchilari poyga o`ynadi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi. Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Video lavha o`rganilganda, joriy yilning 18 yanvar kuni Nukus shahar hududidan o`tgan A 380 xalqaro ahmiyatdagi avtomobil yo`lida "Mercedes-Benz S400" rusumli avtomobil haydovchi S.J. va "Malibu" rusumli avtomobil haydovchisi A.A.lar yo`l harakati qoidalarini chetlab o`tgan holda, boshqa harakat qatnashchilarining erkin harakatiga xalaqit berib, "poyga" tashkil etib, qoidabuzarlik sodir etganliklari ma`lum bo`ldi.  

Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi va qoidabuzar haydovchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko`rildi. 

    Boshqa yangiliklar