AsosiyJamiyat

Andijon shahridagi Aviasionniy zavod yonib ketdimi?

'Andijon shahridagi Aviasionniy zavod yonib ketdimi?'ning rasmi

  Bugun ijtimoiy tarmoqlarning birida “Andijon shahri Nayman ko`chasidagi Aviasionniy zavod orqasi yonmoqda” sarlavhali xabar tarqaldi. Xabarlarga FVV munosabat bildirdi.

  Ushbu holatga  aniqlik kiritilganda, Andijon shahri Nayman ko`chasida  joylashgan foydalanishi tugallangan tashkilot hududida chiqindilar to`plab yoqilganligi ma`lum bo`ldi.  

  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong`in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib borib, holatni nazoratga olgan.

  Shu o`rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtdoshlarimizdan chiqindilarni yoqmaslik, atrof-muhit muhofazasiga e`tibor qaratish lozimligini so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar