Ispaniya poytaxti Madridda kuchli portlash sodir bo`ldi, El Mundo nashri ma`lumotlariga ko`ra, portlashga maishiy gazdan kelib chiqqan.
Xabarda aytilishicha, turar joy binosi vayron bo`lgan. Hodisa texnik sababga ko`ra yuz bergan bo`lishi mumkin. Ya`ni, hozircha baxtsiz voqeaga gaz bilan bog`liq nosozlik sabab qilib ko`rsatilyapti.
Portlash diniy tashkilotlar, qariyalar uyi, maktab va bog`chalar joylashgan ko`p qavatli binoda sodir bo`lgan va binoning bir qismi vayron bo`lgan. Dastlabki ma`lumotga ko`ra, 6 kishi jabrlangani aytilgan.
Hodisa natijasida eng kamida uch kishining halok bo`lgani aytilmoqda.
Polisiya tomonidan hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlandi.






