AsosiyDunyo

Jo Bayden AQSh prezidenti lavozimini egalladi

'Jo Bayden AQSh prezidenti lavozimini egalladi'ning rasmi

Jo Bayden AQShning 46-prezidenti bo`ldi. U inaugurasiya marosimida qasamyod qabul qilganidan keyin rasman ish boshladi.

45-prezident Donald Tramp yangi davlat rahbarining inaugurasiya marosimida ishtirok etishdan bosh tortdi. Xabarda yozilishicha, bu 150 yil ichida birinchi shunday holat. Marosimga uning ma`muriyati vise-prezidenti Mayk Pens keldi.

Inaugurasiya marosimi tomoshabinlarsiz o`tkazildi - faqat rasmiylar va ularning cheklangan miqdordagi mehmonlari ishtirok etishdi. 

"Ushbu qaror koronavirus tufayli, shuningdek FTB ma`lumotlariga ko`ra Tramp tarafdorlari tomonidan uyushtirilishi mumkin bo`lgan tartibsizliklar ehtimoli tufayli qabul qilingan" deb yoziladi. 

    Boshqa yangiliklar