AsosiyDunyo

Turkiyaning Istanbul shahrida portlash sodir bo`ldi

Turkiyaning Istanbul shahri Sultonbeyli tumanida portlash sodir bo`ldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Portlash oqibatida ikki kishining jabrlangani aytilmoqda.Portlash bugun 4 fevral kuni soat mahalliy vaqt bilan 15:00 atrofida yuz bergan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, portlovchi moslama axlat idishning ichiga joylashtirilgan. Ayni paytda hodisa joyida polisiyachilar ishlamoqda. Portlash sabablari o`rganilmoqda.

Eslatib o`tamiz,12 yanvar kuni Istanbul shahri markazidagi Sultonahmad maydonida ham portlash sodir etilgan edi. Portlash oqibatida 10 kishi halok bo`lgani va yana 15 kishining yaralangani ma`lum qilingan edi. Mazkur portlashni “Islom davlati”(DAISh) terrorchilik guruhining jangarisi sodir etgani aniqlangan edi.

 

 

    Boshqa yangiliklar