AsosiyJamiyat

O`qituvchilarga vaqtinchalik to`xtatilgan ustamalar 1 yanvardan to`lanadi

'O`qituvchilarga vaqtinchalik to`xtatilgan ustamalar 1 yanvardan  to`lanadi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining «2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barqarorligini ta`minlash va xarajatlarni maqbullashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 2020 yil 16 apreldagi 232-son bilan va 2020 yil 21 sentyabrdagi qarorlariga asosan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 1 yanvarga qadar moddiy rag`batlantirish maxsus jamg`armasi hamda direktor jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`lovlar hisoblanishini to`xtatib turilgan edi.

Bugungi kunda ayrim hududlarda direktor jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`lanishi lozim bo`lgan ustamalar hisoblanmayotganligi yuzasidan noroziliklar yuzaga kelmoqda. 2021 yilning 1 yanvardan boshlab mazkur ustamalarni to`lanmasligi yuzasidan hech qanday ko`rsatmalar berilmaganligini ma`lum qilamiz, deb yozmoqda XTV matbuot xizmati. 

Vaqtinchalik to`xtatilgan ustamalar Ishchi guruhlarining 2020 yil 1 iyulga qadar qabul qilgan qarori va direktorning buyrug`i asosida 2021 yil 1 yanvardan boshlab o`rnatilgan tartibda to`lab beriladi.

Xalq ta`limi vazirligi barcha hududiy xalq ta`limi bo`linmalariga pedagog xodimlarning oylik ish haqiga ustamalar to`lanishini 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshirilishini, ustamalarni to`lashda sustkashlikka yo`l qo`yayotgan tegishli mas`ullarga nisbatan intizomiy chora ko`rishni qat`iy nazoratga olishni so`raydi.

 

    Boshqa yangiliklar