AsosiyJamiyat

Ishsizlik nafaqasi endi 13 hafta emas, 26 hafta davomida to`lanadi

'Ishsizlik nafaqasi endi 13 hafta emas, 26 hafta davomida to`lanadi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Rahimjon Mahkamov ma`lum qildi.

 «Bugun, 21 yanvardan kuchga kirgan «Aholi bandligi to`g`risida»gi qonun bilan ishsizlik nafaqasini to`lash tartibi o`zgardi. Xususan, ishsizlik nafaqasi ilgari ishlamagan va birinchi bor ish qidirayotganlarga 12 oylik davr mobaynida faqat 13  hafta to`langan bo`lsa, endilikda ishsizlik nafaqasi barcha toifadagi ishsiz shaxslarga 12 oylik davr ichida 26 kalendar hafta davomida to`lanishi belgilanmoqda.

Ishsizlik nafaqalari quyidagi miqdorlarda to`lanadi:

  • ishdan va ish haqidan so`nggi 12 oy davr ichida mahrum bo`lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o`rtacha oylik ish haqining 50%, lekin mehnatga haq to`lashning eng kam miqdoridan oz bo`lmagan va nafaqani hisoblash paytidagi o`rtacha ish haqidan ortiq bo`lmagan miqdorda;
  • ishdan va ish haqidan mahrum bo`lgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga — mehnatga haq to`lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida (1 fevraldan 747 300 so`m);
  • ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslar uchun — belgilangan mehnatga haq to`lash eng kam miqdorining kamida 75% miqdorida.

 Mazkur choralar natijasida ishsizlar ish qidirish davrida moddiy qo`llab-quvvatlanadi va 80 mingga yaqin ishsizga nafaqalar tayinlanadi.

Ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi ham takomillashtirildi».

    Boshqa yangiliklar