O`zbekiston Respublikasi aloqa vaziri hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, shuningdek, boshqa ko`plab tashkilotlar rahbari bo`lib ishlagan Tohir Rahimov 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Xabar.uz xabar bermoqda.
Tohir G`ofurovich Rahimov turli yillarda O`zbekiston Respublikasi aloqa vaziri, vazir o`rinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, telekommunikasiya kompaniyasining bosh direktori, Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi direktori, Xalqaro aloqa akademiyasining vise-prezidenti lavozimlarida faoliyat olib bordi.
U 2008 yildan boshlab umrining so`nggi kunlariga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Teleradioeshittirish tizimlari» kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritdi.






