"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu rasmiy o`yinlarda eng ko`p gol urish bo`yicha yangi rekord o`rnatdi. Bu haqda "Meduza" xabar bermoqda.
20 yanvar kuni u Italiya Superkubogi uchun "Yuventus" - "Napoli" uchrashuvida o`zining 760-golini urdi. O`yin umumiy 2: 0 hisobi bilan yakunlandi.
Shunday qilib, Ronaldu 1950 yillarda o`ynagan Avstriya va Chexoslovakiya terma jamoalarining sobiq hujumchisi Yozef Bikandan oldinga chiqib oldi. Uning hisobida rasmiy uchrashuvlarda 759 ta gol mavjud edi. Avvalroq, Ronaldu braziliyalik futbolchi Peleni ortda qoldirgan (757 ta gol) edi.
Ma`lumot uchun, 35 yoshli Ronaldu "Sporting" safida 5 ta, "MYu" da 118 ta, "Real" da 450 ta, "Yuventus" da 85 ta va Portugaliya terma jamoasida 102 ta gol urgan.