AsosiyDunyo

Qozog`istonda fast-fud sotiladigan avtobusga Barak Obamaning surati tushirildi

Qozog`istonning Ostona shahrida AQSh Prezridenti Barak Obamaning surati tushirilgan avtobus paydo bo`ldi, deb xabar beradi “Tengrinews.kz”. 

Avtobus fast-fud sotishga mo`ljallangan.

Nashr muxbirlari AQShning Qozog`istondagi elchixonasi bilan bog`lanib, elchixona mas`ullariniingg Prezident surati tushirilgan avtobus haqidagi fikri bilan qiziqdi.

“Fast-fud sotishga mo`ljallangan avtobuslar AQShda paydo bo`lganiga uncha ko`p bo`lmaganiga qaramay tez ommalashdi. Tadbirkorlikning bunday turi Qozog`istondan ham paydo bo`lgani quvonarli hol. Fud-traklar restoran binosi uchun ijara to`lash imkoni bo`lmagan tiadbirkorlar uchun biznes boshlashning eng yaxshi usuli. Odatda AQSh prezidentlari ularning surati tijoriy maqsadlarda, xoh smartfon, xoh avtomobil va hatto fud-trek sotuvida foydalanilishini yoqtirmaydilar. Biroq ular omma odamlari bo`lgani bois, ularning suratlari ham har joyda bo`ladi va ularni nazorat qilish qiyin. Aytishim kerakki, prezident Obamaning surati va ismi Buyuk Britaniya bayrog`i (AQSh bayrog`i o`rnida) surati bilan tasvirlanganini birinchi marta ko`rishim. Biroq prezident Obama va AQSh hukumati Ostonada fast-fud sotadigan avtobus bilan hech qanday bog`liqligi bo`lmagani uchun, elchixona tadbirkordan avtobus nomini o`zgartirishni so`rashni rejalashtirmagan ”, — dedi AQShning Qozog`istondagi elchixonasi  matbuot kotibi Devid Gembl.

Shuningdek, Gembl bajonidil gamburgerlardan totib ko`rishini ham qo`shimcha qilgan.

Ostonaliklar AQSh prezidenti Barak Obama tasviri tushirilgan noodatiy avtobusni o`tgan yilning so`nggida ko`rgan edi. Avtobus egasi yosh tadbirkor Nursulton Sharipboev fast-fud sotiladigan birinchi avtobusni shu kunlarda ishga tushirishni, bahorgacha esa yana 2 ta shunday avtobuslar faoliyatini yo`lga qo`yishini rejalashtirgan.

Uning aytishicha, avtobusda “Obama” nomi shunchaki piar maqsadida foydalanilgan. “Birinchidan nomi esda qolarli, ikkinchidan, mavzu juda qiziqarli. Amerika fast-fudi. Prezident Obamaning o`zi ham fast-fudlarni ma`qul ko`radi, agar o`qigan bo`lsangiz”, — deydi u.

Tadbirkor, shuningdek uning boshlagan faoliyati qonun doirasida amalga oshirilayotganini aytib o`tar ekan, “Bu avtobus haydovchisiz harakatlanadi. Ya`ni avtobusni biz maxsus texnika yordamida kerakli joyga olib boramiz. Demak, mazkur avtobus avtotransport vositasi hisoblanmaydi”,—dedi.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar