1

Tergov departamenti "Qashqadaryoda shavqatsizlarcha azoblangan fuqaro" tafsilotlarini ma`lum qildi

Jinoyat 21.01.2021, 17:22
Tergov departamenti "Qashqadaryoda shavqatsizlarcha azoblangan fuqaro" tafsilotlarini ma`lum qildi

Qashqadaryoning Yakkabog` tumanidagi fuqaroni, 15 yanvar kuni 3-4 kishi qo`l-oyog`ini bog`lab, shafqatsizlarcha kaltaklashganligi haqida xabar bergan edik.  

 IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko`ra, Yakkabog` tumanida yashovchi Komil A., tuman IIB boshlig`i nomiga 17.01.2021 yilda ariza bilan murojaat qilgan. 

Unda 2021 yilning 15 yanvar kuni soat 10:00 da sinfdoshi Abdixalil Q., va uning turmush o`rtog`i Gulnora A., telefonda “Qurashayx” qishlog`idagi uyiga chaqirishgan.  Komil A., sinfdoshi Abdixalil Q.,ning uyining ayvoniga kirgan vaqtida, uni urib oyoq va qo`llarini arqon ip bilan bog`lab, yuz, bosh va son sohalariga tayoq bilan qasddan urib, ro`zg`or kapkirini uy ichida yongan holatdagi temir pechda qizdirib, qizigan kapkirni Komil A.,ning qorin sohasiga bir necha marta bosib qiynab kuydirishganligini, ushbu holat bo`yicha qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Tibbiy ma`lumotnomaga asosan, Komil A.,da “bosh miya chayqalishi, boshning teppa va chap chakka sohasida qon quyilishi, boshining peshona sohasida ezilib yirtilgan yarasi, qorin pastki sohasi kuygan jarohati va boshqa tan jarohatlari” mavjudligi qayd qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog` tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, Abdixalil Q., ishlash maqsadida Rossiya Federasiyasiga ketgan vaqtida uning turmush o`rtog`i Gulchexra A., jabrlanuvchi Komil A., muloqatda bo`lib kelganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, Komil A., 15.01.2021 yilda shifoxonaga murojaat qilgan vaqtida yuqoridagi janjalni yashirgan holda, otdan yiqilib, uni ot sudrab ketganligini ma`lum qilib, birinchi yordamni olib shifonadan chiqib ketganligi aniqlangan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1