AsosiyJamiyat

Andijonda “Damas” yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yubordi(video)

'Andijonda “Damas” yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yubordi(video)'ning rasmi

Joriy yilning 20 yanvar kuni soat 16:00larda, Andijon viloyati, Andijon shahar, Milliy tiklanish ko`chasida, haydovchi, 1984 yilda tug`ilgan S.S. “Damas” rusumli avtomobilda harakatlanayotib ushbu ko`chada joylashgan “Navro`z” fotostudiyasi ro`parasiga etgan vaqtida, belgilanmagan joydan yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, 1998 yilda tug`ilgan M.T.ni urib yuborgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati  xabar qilmoqda.

Natijada, piyoda M.T. birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar