Filippin qirg`oqlari yaqinida Rixter shkalasi bo`yicha etti balli zilzila sodir bo`ldi, deya xabar berdi AQSh Geologik xizmati.
Zilzila Filippin vaqti bilan 12: 23da (Toshkent vaqti bilan 17:23da) qayd etilgan. Zilzila episentri Filippinning Pundagitan shahridan 219 km janubi-sharqda bo`lgan, uning markazi erdan 139 km chuqurlikda joylashgan.
Hozirda hodisa vayronagarchilik yoki talofatlarga sabab bo`lganligi to`g`risida ma`lumot yo`q.
Avvalroq O`zbekiston seysmologlari 5,8 balli zilzila qayd etganini, episentr Afg`onistonda bo`lganligini yozgan edik. Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmik prognostik monitoring markazining ma`lumotlariga ko`ra, zilzila mamlakatning deyarli butun hududi aholisiga sezilgan. Zilzila 1 yanvar kuni soat 01:02 da sodir bo`lgandi.






