AsosiyJamiyat

Samarqandda bedarak yo`qolgan 17 yoshli qiz qidirilmoqda

'Samarqandda bedarak yo`qolgan 17 yoshli qiz qidirilmoqda'ning rasmi

Kattaqo`rg`on shahar, «O`rikzor» MFY, U.Barnaev 1-berk ko`chasi, 9-uyda yashab kelgan, 14.11.2004 yilda Kattaqo`rg`on shahrida tug`ilgan, Ergasheva Pokiza Jamshid qizi 2021 yil 10 yanvar kuni taxminan soat 17:00 larda yashash uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolgan. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Alohida belgilari: Buyi taxminan 150-155 sm atrofida, oqdan kelgan, o`rtacha gavdali, sochi qora rangda uzunligi 80-90 sm atrofida, koshi qora rangda, ko`zi malla rangda, yuzi ovalsimon, tishlari tabiiy butun, lablari qalin.

Egnida bo`lgan kiyimlari: to`q ko`k rangli tizzasigacha bo`lgan «Balon» kurtka, qora rangli sport trikosi, och qizil rangli sport kiyimi, oyoqlarida oq rangli ayollar krosovkasi va qora rangli orqaga ilinadigan «Viktoriya Sekret» yozuvli sumkasi bo`lgan.

Ergasheva Pokizani ko`rganlar yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lganlar +998901002121, +998662311111, 102, +998662319805 raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari so`raladi.

    Boshqa yangiliklar