AsosiyDunyo

Facebook foydalanuvchilari 2030 yilga kelib 5 milliardga etishi kutilmoqda

Facebook asoschisi Mark Sukerberg 2030 yilga kelib, ijtimoiy tarmoq auditoriyasini 5 milliardga etkazishni mo`ljallayotganini aytdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Bu haqda ijtimoiy tarmoq asoschisi kompaniyaning 12 yilligi munosabati bilan o`tkazilgan tadbirda ma`lum qildi.

 “Biz hammani o`z tarmog`imizga jalb etmoishni istaymiz va bu ishni biz mamlakatlar hukumatlari va kompaniyalar yordamida amalga oshiramiz”, — Sukerberg.

Facebook rahbari rivojlanayotgan mamlakatlar aholisini  internetga ulanishini ta`minlash uchun kompaniya tomonidan Aquila dronlari ishlab chiqarilayotganini ham aytib o`tdi.

 “Ular quyosh energiyasi yordamida ishlaydi. Aniqroq qilib aytganda ular shahar bo`ylab uchib yuradi va barchaga internet ulashadi. Biroz g`ayritabiiy eshitiladi, to`g`rimi?”, — dedi u kulib.

4 fevral, payshanba kuni Facebook ijtimoiy tarmog`i o`zining 12 yoshini nishonladi. Shu munosabat bilan ijtiomiy tarmoq o`z foydalanuvchilariga “Do`stlar kuni” deb nomlangan yangi funksiyasini taqdim etdi. Har bir foydalanuvchiga alohida tayyorlangan videorolikda uning do`stlari va ijtimoiy tarmoqdagi faoliyati haqida qisqacha to`xtalib  o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar