AsosiyJamiyat

Angren IESda sodir bo`lgan portlash bo`yicha jinoyat ishi ochildi

'Angren IESda sodir bo`lgan portlash bo`yicha jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, 2021 yil 20 yanvar kuni soat taxminan 11:42 da Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko`rish uchun to`xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko`mirli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan.  

Chaqnash natijasida kelib chiqqan yong`in oqibatida 3 nafar ishchi voqea joyida vafot etgan, yana 3 nafari turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.  

Ayni paytda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Natijasiga ko`ra, JKning 257-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar