"O`zbekkino" MAda Italiyaning O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostina Pinna bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Agostina Pinna bilan Italiya va o`zbek filmlari bo`yicha bir qator loyihalarni muhokama qilishdi.
Kelishuvga ko`ra tomonlar o`zbek va italiyalik kinoijodkorlar bilan o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish, ko-produksiyalar yaratish, shu bilan birga, Italiyada “O`zbek kinosi kunlari” hamda joriy yil mamlakatimizda “Italiya kinosi kunlari”ni yuqori saviyada o`tkazish bilan bog`liq masalalar bo`yicha muzokaralar o`tkazishdi.
Bundan tashqari, joriy yil Italiyada "O`zbek madaniy merosi Italiya to`plamlarida" kitobining taqdimotini o`tkazish hamda O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati tomonidan evropalik olimlar ishtirokida xalqaro kongress tashkil etish kabi masalalar ham ko`rib chiqildi, deyiladi "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabarida.






