AsosiyJamiyat

Angren IESdagi portlashda vafot etganlarning oila a`zolariga 105 million so`mdan moddiy yordam ko`rsatildi

'Angren IESdagi portlashda vafot etganlarning oila a`zolariga 105 million so`mdan moddiy yordam ko`rsatildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20 yanvar kuni Yangi-Angren IES qozon agregatida ko`mir-kukuni havo aralashmasining chaqnashi natijasida “Vostokenergoteploizolyasiya” AJning 3 nafar xodimi vafot etgan.

Energetika vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, marhumlarning oila a`zolariga dafn marosimini o`tkazish uchun 20-21 yanvar kunlari 4 million 866 ming so`mdan birinchi moddiy yordam ko`rsatilgan.

Shuningdek, bugun, 22 yanvar kuni Yangi-Angren IES tomonidan vafot etganlarning oila a`zolariga qo`shimcha ravishda 105 million so`mdan moddiy yordam ko`rsatildi, deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar