AsosiyJamiyat

Endilikda bog`chalarda bolalarga maqom va milliy kuylar qo`yib beriladi. Taklif Ozodbek Nazarbekovdan chiqdi

'Endilikda bog`chalarda bolalarga maqom va milliy kuylar qo`yib beriladi. Taklif Ozodbek Nazarbekovdan chiqdi'ning rasmi

Ozodbek Nazarbekov bog`chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo`yish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Shunga ko`ra, endilikda maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo`yib beriladi. Ushbu loyiha Madaniyat va Maktabgacha ta`lim vazirligi o`rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Madaniyat vazirligi  maktabgacha ta`lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to`plam yaratgan.  

Bolalarni muntazam maqom kuylari bilan bahramand etish rejalashtirilgan. Bolalarga ularning tushlik  dam olish vaqtlarida belgilangan me`yor asosida maqom kuylari qo`yib beriladi.

    Boshqa yangiliklar