1

Moliya vazirligi tugatilgan Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi xarajatlari yuzasidan ma`lumot berdi (foto)

Jamiyat 23.01.2021, 08:54
Teglar: Moliya, inqiroz
Moliya vazirligi tugatilgan Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi xarajatlari yuzasidan ma`lumot berdi (foto)

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi 5969-son Farmoniga asosan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi tashkil etilgan edi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-4938-son qarorining 16-bandiga asosan 2021 yil 1 yanvardan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi tugatildi.

Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi daromadlari va xarajatlari to`g`risida ma`lumot berdi.

Jamg`arma daromadlari sifatida 13 400 mlrd. so`m miqdoridagi mablag`lar quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilgan. Jumladan: 

1 678 mlrd.so`m davlat byudjeti xarajatlarini maqbullashtirish hisobiga, 11 722 mlrd.so`m xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablag`lari hisobiga.

Jamg`arma hisobidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumati va Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi topshiriqlariga asosan, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, tadbirkorlikni va aholi bandligini qo`llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni kengaytirish va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta`minlash tadbirlariga jami 13 040 mlrd.so`m miqdoridagi mablag`lar ajratildi hamda 2020 yilning 31 dekabr kuni oxiriga 12 827 mlrd.so`mi o`zlashtirildi.

Mazkur qarorga asosan, Jamg`arma hisobidan ajratilgan mablag`larning o`zlashtirilmagan qismi hamda jamg`armaning joriy yil oxiriga qoldiq mablag`lari O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga o`tkazildi.

Sharhlar

Moliya vazirligi tizimida tayinlov amalga oshirildi

28.02.2021, 19:08

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig`i o`rinbosari tayinlandi.Pazilxanov Umid Alisherovich O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi...
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari davlat tiliga tarjima qilinmoqda

02.02.2021, 21:49

MHXS hujjatlarining tarjima loyihasi yuzasidan jamoatchilikning fikrini o`rganish va takliflar olish (feedback) maqsadida har xaftada 3 ta MHXS hujjatini Moliya vazirligining veb saytida e`lon qilib borilmoqda. Bu haqda Moliya...
​MARKAZIY BANK 26 SENTYaBRDAN 1 AQSh DOLLARINING SO`MGA NISBATAN YaNGI QIYMATINI BELGILADI

26.09.2017, 09:13

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 26 sentyabrdan boshlab valyuta operasiyalari bo`yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to`lovlari...
​MARKAZIY BANK VALYuTA SIYoSATI O`ZGARIShI BILAN YuZAGA KELIShI MUMKIN BO`LGAN MUAMMOLARGA TO`XTALDI

25.09.2017, 10:57

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki erkin valyuta siyosatiga o`tish jarayonida vujudga kelishi mumkin bo`lgan salbiy ta`sirlarni yumshatish bo`yicha tavsiyalar berdi. Markaziy bank tomonidan valyuta kursining erkinlashtirilishi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1