2020 yilda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga 1 million 196 ming 370dan ziyod murojaat (oyiga o`rtacha 99,7 mingta, 1 kunda – 3,2 mingta) kelib tushgan.
Ushbu murojaatlarning 58 foizi (693,9 ming) ijobiy hal qilish va huquqiy maslahat berish orqali echimini topgan. 373,6 mingdan ziyod murojaat egasiga tushuntirish berilgan, qolgan murojaatlar ko`rib chiqish jarayonida.
Shuningdek, 2020 yilda aholidan quyidagi yo`nalishlarda eng ko`p murojaatlar kelib tushgan:
- - moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalar (2 yoshli, 14 yoshli bolalar nafaqasi) masalasi – 129 ming 472 ta
- - ish bilan ta`minlash - 55 ming 203 ta
- - uy-joy ta`minoti - 47 ming 307 ta
- - aliment undirish - 44 ming 780
- - karantin davrida moddiy yordam, oziq-ovqat va himoya vositalari bilan ta`minlash - 44 ming 293
- - elektr energiyasi ta`minotidagi uzilishlar - 37 ming 874
- - ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarni to`lash va undirish - 24 ming 80
- - er maydoni ajratmaslik yoki olib qo`yish - 20 ming 491
- - maishiy gaz balloni bilan ta`minlash - 18 ming 588
- - aholi uy-joylarini ta`mirlash - 15 ming 722.
2020 yilda fuqarolik ishlari bo`yicha sud qarorlaridan norozilikka oid murojaatlar 20 foizga, ichimlik suvi ta`minoti bilan bog`liq murojaatlar 9 foizga, uy-joy bilan ta`minlash 3 foizga, er maydoni ajratmaslik yoki olib qo`yishga doir masalalar bilan murojaat qilish 2 foizga kamaygan.
Bitta ommaviy qabulda o`rtacha 300 ga yaqin masala ko`rib chiqilgani, o`rtacha 201 masala hal qilingan.
2020 yilda hududlarda qat`iy karantin qoidalari asosida muntazam ommaviy qabullar tashkil qilingani pandemiya davridagi muammolarni birinchi bo`g`inda aniqlash va ularga echim topishda nihoyatda muhim platforma bo`ldi.
Bir misol – Prezident Administrasiyasi mas`ul xodimlari, Xalq qabulxonalari, Bosh prokuratura, Oliy sud va yana o`ndan ziyod vazirliklar, qo`mitalar rahbarlari ishtirokida mamlakatimizning barcha hududida jami 93 marta ommaviy qabullar tashkil qilindi. Bu qabullarda qariyb 26,9 ming nafar murojaatchilarni o`ylantirayotgan 27,7 mingdan ziyod masalalar o`rganildi. Ulardan 18 ming 720 dan ziyodiga echim topildi, hal qilib berildi, 8,3 mingdan ziyod murojaat bo`yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berilgan bo`lsa, 588 ta masala qo`shimcha o`rganish uchun nazoratga olindi.
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan kiritilgan axborot va eshitilgan hisobotlar natijasida murojaatlar bilan talablar darajasida ishlamagan 752 nafar mas`ul xodim javobgarlikka tortildi.
2020 yilda Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar ijrosi bo`yicha Xalq deputatlari kengashlari majlislariga Xalq qabulxonalari tomonidan 743 ta axborot kiritilgan. Unga ko`ra 1 ming 759 nafar sektor yoki davlat idoralari rahbarlarining hisobotlari eshitilgan.
Kiritilgan axborotlar va eshitilgan hisobotlar natijasi bo`yicha 752 nafar mas`ul xodim aholi murojaatlari bilan talablar darajasida ishlamaganligi uchun javobgarlikka tortilgan. Ularning 26 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 20 nafariga jarima qo`llanilgan, 89 nafariga hayfsan e`lon qilingan, 617 nafar mas`ul xodimlar esa rasman ogohlantirilgan.
Prezident xalq qabulxonalari taqdimnomalarga asosan 3 ming 108 nafar mas`ul xodim javobgarlikka tortilgan.
2020 yilda Xalq qabulxonalari tomonidan sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, murojaatlar bilan ishlash, ijtimoiy va boshqa ob`ektlarda aniqlangan muammolarni hal qilish borasidagi faoliyati tizimli o`rganilib, ko`rib chiqilishi majburiy bo`lgan 3 ming 353 ta taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomalarga asosan 3 ming 108 nafar mas`ul xodim javobgarlikka tortilgan, shundan 201 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 286 nafariga jarima qo`llanilgan, 1 ming 467 nafariga hayfsan e`lon qilingan, 1 ming 154 nafar mas`ul xodim esa rasman ogohlantirilgan.