AsosiyDunyo

Rossiyada onasidan ayrilib, qarovsiz qolgan 6 yoshli O`zbekiston fuqarosi aniqlandi

'Rossiyada onasidan ayrilib, qarovsiz qolgan 6 yoshli O`zbekiston fuqarosi aniqlandi'ning rasmi

O`zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi 2021-yil 19-yanvar kuni Moskva viloyati Ta`lim vazirligining Dmitrovsk shahar okrugi bo`yicha Vasiylik va homiylik boshqarmasidan onasi M.K.ning vafoti tufayli og`ir vaziyatda qolgan voyaga etmagan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi X.I. (2014 yil tug`ilgan) haqida ma`lum qilgan.

Elchixona tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida voyaga etmagan fuqaroni Vatanimizga qaytarish masalasi ishlab chiqildi. Xayriya mablag`lari hisobidan “Uzbekistan Airways” AJning “Moskva-Toshkent” yo`nalishidagi reysga aviachipta sotib olindi. X.I.ning O`zbekistondagi qarindoshlari bilan aloqa o`rnatilib, ularga voyaga etmagan vatandoshimizning respublikaga qaytib kelish sanasi va vaqti ma`lum qilindi. X.I.ni aeroportda O`zbekiston vasiylik organlari vakillari tomonidan kutib olishini haqida kelishuvga erishildi.

2021-yilning 22-yanvar kuni X.I. “Uzbekistan Airways” AJ bort kuzatuvchilari hamrohligida O`zbekistonga uchib ketdi.

    Boshqa yangiliklar