AsosiyJamiyat

Barcha hududlarda elektr energiyasi tiklandi — Hududiy elektr tarmoqlari AJ

'Barcha hududlarda elektr energiyasi tiklandi — Hududiy elektr tarmoqlari AJ'ning rasmi

Sovuq havo va kuchli bo`ron sabab talofat etgan barcha hududlarda elektr energiyasi qayta tiklandi. Bu haqda "HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ ma`lum qildi.

Mamlakatimizga kirib kelgan sovuq ob-havo oqimi hamda kuchli shamol, qor bo`roni oqibatida havo elektr tarmoqlari hamda trasformator punktlariga etkazilgan shikast natijasida Respublikamizning turli hududlarida elektr energiyasi etkazib berishda vaqtincha uzilishlar kuzatildi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, respublika bo`yicha, 110 kV havo liniyalarida 10 dan ortiq, 35 kV havo liniyalarida 4 ta va 6-10 havo liniyalarida 210 dan ortiq uzilishlar vujudga kelgan.  

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning elektr ta`minoti korxonalari xodimlari tomonidan tunu kun olib borilgan ta`mirlash-tiklash ishlari natijasida noqulay ob-havo sharoitida talofat etgan barcha hududlarda elektr energiyasi qayta tiklandi.

Tarmoqlarda sodir bo`ladigan avariyaviy o`chishlarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan hududlarda jami 481 ta tezkor avariyaviy chiqish brigadalari hamda ularga 378 ta maxsus avariyaviy chiqish mashinalari va maxsus texnikalar safarbar etildi.

    Boshqa yangiliklar