AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi maktablarda Islom Karimov byusti uchun majburiy pul yig`ilgani haqida xabarlar tarqaldi

'Qashqadaryodagi maktablarda Islom Karimov byusti uchun majburiy pul yig`ilgani haqida xabarlar tarqaldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda o`qituvchilar tomonidan qilingan murojaat tarqaldi. Unda maktab direktori hokimlikdan Islom Karimov byustini ko`tarib kelib, uning narxi 450 ming so`m ekanligini aytgan. Har bir xodim 10 ming so`mdan yig`ib berishini so`ragan. Shundoq ham pandemiyada qiynalgan o`qituvchilar  majburan pul yig`ishlar jonlariga tekganligini aytishgan. 

Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

«O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish hamda kelajak avlodga etkazish bo`yicha tayyorlangan byustlarni viloyatdagi idora, korxona, tashkilot va muassasalarga hamda shahar va tumanlar hokimlarga etkazib berish to`g`risida taklifiy taqsimot jadvaliga ko`ra, viloyat xalq ta`limi boshqarmasiga 200 dona taqsimot qilingan. Ushbu byustlar viloyat xalq ta`limi boshqarmasining ichki taqsimoti asosida tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limlariga taqsimlab berilgan. Jumladan, Chiroqchi tumaniga 30 dona, Qarshi shahriga 9 dona, Qarshi tumaniga 12 dona, Mirishkor tumaniga 7 dona, G`uzor tumaniga 12 dona, Dehqonobod tumaniga 17 dona, Qamashi tumaniga 15 dona, Koson tumaniga 18 dona, Kitob tumaniga 16 dona, Muborak tumaniga 6 dona, Nishon tumaniga 7 dona, Kasbi tumaniga 10 dona, Shahrisabz tumaniga 15 dona, Yakkabog` tumaniga 18 dona, Shahrisabz shahriga 4 dona byustlar taqsimot qilingan.

Hozirda tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limlarida homiylik yoki byudjetdan tashqari tushgan mablag` asosida shakllantirib, maktablarga tarqatish uchun saqlanmoqda.

Qolgan 5 ta tumanda Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning byustlari, o`zlari tashabbus ko`rsatgan maktab direktorlariga tarqatilgan. Jumladan, Chiroqchi, Muborak, Qarshi, Koson, Dehqonobod tumanlari maktablariga tarqatilishi taqsimot qilingan bo`lib, pul mablag`lari maktablar jamoasidan yig`ib olinmaganligi ma`lum bo`ldi», deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar