AsosiyJamiyat

Andijonlik hakker buxorolik ayolning plastik kartasidagi 5 million pulini o`g`irlab oldi

'Andijonlik hakker buxorolik ayolning plastik kartasidagi 5 million pulini o`g`irlab oldi'ning rasmi

2020 yilning 31 oktyabr kuni noma`lum shaxs internetning “Telegram” ijtimoiy tarmog`idagi “Omad shou” guruhiga a`zo bo`lib kirgan Buxoro shahar D.Ibodova ko`chasida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan M.H. ismli ayolga o`zini guruh admini sifatida tanishtiradi. Ushbu guruhga odam qo`shgani uchun uning nomiga pul yutug`i chiqqanligini, bank plastik kartasi raqamini bersa, 500.000 so`m yutuq pullarini tashlab berishini aytadi. Jabrlanuvchi M.H.ning nomida bo`lgan “TIF Milliy banki” tomonidan ochilgan plastik kartasining maxfiy pin kodini olib, so`ngra bank plastik kartasiga internet tizimi orqali kartada mavjud bo`lgan  5.000.000  (besh million) so`m pullarini yashirin ravishda o`zining hisobiga o`tkazib oladi. 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Izboskan tumani Chuvala mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan X.Q. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Bugungi kunda X.Q.ga nisbatan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-modda 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlar orqali e`lon qilinayotgan yutuqli o`yinlar, turli xildagi aksiyalar, elektron savdolar va shunga o`xshash bir qator firibgarlik va o`g`rilik holatlariga duchor bo`lmasliklari uchun o`zlarining sir saqlanishi lozim bo`lgan plastik kartalari raqamlarini oshkor qilmasliklari, birovga rasmga tushirib bermasliklari yoki og`zaki tarzda ma`lum qilmasliklari so`ralmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar