1

Britaniyada Feliks laqabli mushuk vokzal katta nazoratchisi etib tayinlandi

Dunyo 05.02.2016, 16:06
Britaniyada Feliks laqabli mushuk vokzal katta nazoratchisi etib tayinlandi

Buyuk Britaniyaning Yorkshir shahridagi Xaddersfild temir yo`l stansiyasida besh yildan beri sichqon ovlab kelayotgan Feliks laqabli ola mushuk vokzal katta nazoratchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Stansiya xodimlarining ta`kidlashicha, 2011 yildan beri mushuk nafaqat sichqonlarni tutgan, balki vokzalning doimiy yo`lovchilari orasidan do`stlar orttirishga ham muvaffaq bo`lgan. Bu mehnatlari uchun Feliks muntazam ravishda siylab kelingan. Endilikda minnatdorchilik tariqasida TransPennine Express temir yo`l kompaniyasi mushuk uchun maxsus nurqaytargichli jilet tiktirda va unga mushukning ismi yozilgan beyjik taqib qo`ydi.

Bundan tashqari, chiptasiz yo`lovchilarni tutish uchun o`rnatilgan to`siqlardan mushuk bemalol kirib chiqishi uchun maxsus tuynuk ochib qo`yildi.

Mushuk vokzalga 9 oylik paytida kelgan.

“U men ishlayotganimda yonimga kelib o`tirib oladi. Uning bu harakati yuzimda tabassum uyg`otadi. O`z ishlari bilan shoshib ketayotgan yo`lovchilar ham uni ko`rib, beixtiyor kulib qo`yadi. U oilamizning a`zosidek bo`lib ketgan”, — deydi vokzal xodimlaridan biri.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1