Qonun (O`RQ–669-son, 22.01.2021 y.) bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
“Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, Prezident qarorlari asosida davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi bitimlar va Hukumat orqali jalb etilgan chet el investisiyalari loyihalari bo`yicha O`zbekistonda realizasiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog`lanishi mumkin.
Ilgari mazkur tartib mavjud emas edi.
Konsessiyalar bilan bog`liq munosabatlar “Davlat-xususiy sheriklik to`g`risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Konsessiya loyihalarini ro`yobga chiqarish davlat-xususiy sheriklik loyihalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Endilikda faqatgina qiymati 1 million dollardan ortiq loyihalarining tender hujjatlari va davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi bitimlarning loyihalari kelishiladi.
Kiritilgan qo`shimchalar bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari belgilandi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalariga oid ma`lumotlarning e`lon qilinadigan qismi aniqlashtirildi.
Xususan, bunda quyidagi ma`lumotlar rasmiy veb-saytlarga joylashtiriladi:
▫️loyiha taraflarining nomi;
▫️loyihaning faoliyat yo`nalishi;
▫️loyihaning joylashgan eri;
▫️loyihani amalga oshirish muddati;
▫️iste`molchilarga realizasiya qilinadigan tovarlarning;
▫️loyihaning umumiy qiymati;
▫️davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash hajmi va turlari.






