Joriy yilning 25 yanvar kunidan boshlab Chevrolet Tracker krossoveri o`rnini yangi avloddagi Tracker egallaydi. Bu haqda «O`zavtosanoat» xabar bermoqda.
Yangi Tracker panorama lyuk, LED chiroqlar va 8 dyuymlik sensorli ekranga ega bo`lgan audiotizim bilan jihozlangan.
Mashinaning texnik xususiyatlari quyidagicha:
- zamonaviy uch silindrli ECOTEC turbomotor;
- aralash sikldagi yoqilg`i sarfi 5,5 l/100 km, quvvati 123 ot kuchi;
- 6 pog`onali avtomatik uzatmalar qutisi;
- kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
- yoqilg`i sarfini tejashga mo`ljallangan «STOP-START» intellektual tizimi;
- yangilangan va katta hajmli yukxona.
Yangi Tracker’ning narxi boshlang`ich komplektasiyada 145 mln so`mdan boshlanadi. LT komplektasiya esa - 193 043 478 so`m.






