Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi qator vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarda turli murakkab vaziyatlarga tushib qolgan ko`plab fuqarolarimizni mamlakatimizga olib kelmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.
Ana shu yo`nalishdagi faoliyat davom ettirilib, Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazidan 13 nafar yurtdoshimiz 23 yanvar kuni Moskva – Toshkent yo`nalishidagi charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.
O`zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda olib kelingan yurtdoshlarimiz bilan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakillari profilaktik va tushuntirish tadbirlarini o`tkazib, ular doimiy yashash manzillariga kuzatib qo`yildi.






