Gollivud aktyori Ginnesning Rekordlar kitobiga “Namunali erkak 2” filmi taqdimot marosimida foydalangan eng uzun selfi tayog`i bilan kiritildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Ben Stillerning selfi tayog`i 8,5 metr uzunlikda bo`lgan. Aktyor uning yordamida filmning taqdimot marosimiga tashrif buyurgan boshqa aktyorlar bilan suratga tushgan.
Taqdimot marosimida, shuningdek, Ginnesning Rekordlar kitobi vakili ham ishtirok etgan. U aktyorga rekordni tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etgan.
2016 yilning 12 fevral kuni taqdimoti bo`lib o`tadigan filmda Jastin Biber, Ouen Uilson, Penelopa Krus, Kane Uest, Kim Kardashyan, Naomi Kempbell i Kara Delevin kabi taniqli aktyorlar rol ijro etgan.