AsosiyJamiyat

Coca-Cola savdosi korrupsiya ehtimoli sabab to`xtatilishi mumkin

'Coca-Cola savdosi korrupsiya ehtimoli sabab to`xtatilishi mumkin'ning rasmi

«Koka-kola ichimligi» korxonasini xususiylashtirish jarayonlari yuzasidan taqdimnoma kiritildi. Bu haqdaO`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berdi

O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ko`plab tadbirkorlar va fuqarolar, shuningdek ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan «Coca-Cola ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ (CCIU) ustav fondining 57,118 foizga teng davlat ulushi sotuvga qo`yilishi jarayonlari amaldagi qonunchilik va tartiblarga zid ravishda o`tkazilayotganligi to`g`risida murojaatlar kelib tushmoqda.

Murojaatlarni o`rganish jarayonida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ (CCIU) ustav fondidagi davlat ulushini xususiylashtirish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarning amaldagi qonunchilik normalariga muvofiqligi va korrupsiya xatari mavjudligi tahlil qilindi.

Ma`lum bo`lishicha, 2020 yil 16 dekabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida O`zbekistonda alkogolsiz ichimlik ishlab chiqaruvchi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ (CCIU)ning 57,118 foizlik davlat ulushi sotuvga qo`yilishi e`lon qilingan

E`londa tenderda ishtirokchilarni saralash va g`olibni tanlash jarayonida bir nechta mezonlar qo`llanilishi bayon qilingan.

O`rganishlar shuni ko`rsatmoqdaki, «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ (CCIU) ustav fondidagi davlat ulushini sotish bo`yicha o`tkazilayotgan tender shartlariga kiritilgan bir qator talablar savdolarda qatnasha oladigan shaxslar doirasini keskin kisqartirishga hamda qator korrupsion omillarni keltirib chiqarishga sharoit yaratadi.

Agentlik fikricha, ushbu mezonlar o`ta yuqori va asoslantirilmagan talablar hisoblanadi va savdolarda ishtirok etishi mumkin bo`lgan ehtimoliy ishtirokchilar sonini sun`iy cheklashga olib keladi.

Ehtimoliy ishtirokchilar sonini keskin cheklash tender shartlarini bajara oluvchi kam sonli ishtirokchilar o`rtasida haqiqiy raqobat bo`lmasligiga va natijada davlat ulushiga past narx taklif etilishiga hamda buning oqibatida O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga sezilarli darajada zarar etkazilishiga olib kelishi mumkin.

Shu munosabat bilan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tegishli idoralarga quyidagi choralarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan taqdimnoma kiritildi:

  1. Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o`tkazish bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan etarli raqobatga imkoniyat mavjud emasligi sababli mazkur tender jarayonlarini to`xtatish;
  2. Tender savdolarida ishtirok etishga ko`proq talabgorlarni jalb qilish hamda teng imkoniyat va sharoitlar yaratish maqsadida xalqaro moliyaviy va huquqiy maslahatchilarning xulosalari asosida tender shartlarini yumshatish bo`yicha ishlarni olib borish. 

Boshqa yangiliklar