«O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi»ga o`tgan hafta 30 426,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo`yildi va ulardan 6 520,5 tonnasi, ya`ni 21,4% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 22 xaridor ishtirok etdi.
Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning boshlang`ich narxi ko`tarilganligi sababli uning o`rtacha kunlik narxi ham mahsulotning bir tonnasi uchun 5 763,0 ming so`mdan 5 822,5 ming so`mgacha yoki 1,0% ga o`sdi.
Ko`rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o`rtacha haftalik kotirovkasi 5 767,9 ming so`mni, AI-91 – 6 958,2 ming so`mni tashkil etdi.
Eslatib o`tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o`rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.
Mavzuga doir:






