2021 yilning 13 yanvar kuni D.S. ismli ayol tanishi A.N. ismli ayolning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo`lgan jami narxi 3.500.000 so`mlik parfyumeriya mahsulotlarini sotib olishga kelishib, pullarini bir necha kun ichida berishini aytgan. Bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan parfyumeriya mahsulotlarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






