AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik olimlar koronavirusning «Britaniya shtammi»ni aniqlovchi test tizimi ustida ish olib bormoqda

'O`zbekistonlik olimlar koronavirusning «Britaniya shtammi»ni aniqlovchi test tizimi ustida ish olib bormoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirining birinchi o`rinbosari Sh.Turdiqulova Yaponiyaning O`zbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili Asushi Suda bilan muzokara o`tkazdi.

Innovasiyalarni O`zbekiston davlat boshqaruvi va iqtisodiyotining real sektoriga joriy etish bo`yicha vakolatli organ sifatida Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan Yaponiya bilan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish bo`yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Innovasion rivojlanish vaziri birinchi o`rinbosari vazirlik tomonidan koronavirusga qarshi kurash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to`xtaldi. Xususan, Xitoyning “Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning III faza klinik sinovlarini o`tkazish jarayoni, koronavirusni aniqlovchi PSR-test tizimlari ishlab chiqarilayotgani, O`zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga doir ilmiy tadqiqotlar haqida ma`lumotlar berdi. Mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishda Yaponiyaning ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va kompaniyalari bilan hamkorlikka tayyorligini bildirib o`tdi.

Sh. Turdiqulova Innovasion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg`or texnologiyalar markazi tomonidan PZR-test tizimlarini yaratish va ishlab chiqarishni yo`lga qo`yilganini ma`lum qilib, ushbu markaz olimlari tomonidan COVID-19 virusining «Britaniya shtammi»ni aniqlovchi test tizimini yaratish ustida ish olib borilayotganini ma`lum qildi. Yaponiya elchixonasi vakillari ushbu tadqiqotlarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor yapon tashkilotlari va kompaniyalarini topishda amaliy ko`mak berish masalasini ko`rib chiqishiga kelishildi.

    Boshqa yangiliklar