AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi sektorlar faoliyatiga ko`ra yashil, sariq va qizil toifaga ajratildi

'Qashqadaryodagi sektorlar faoliyatiga ko`ra yashil, sariq va qizil toifaga ajratildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatidagi mavjud 1-, 2-, 3-, 4-sektorlar faoliyatiga ko`ra yashil, sariq va qizil toifaga ajratildi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzaev raisligidagi apparat yig`ilishida ma`lum qilindi, deya xabar bermoqda Daryo.

Viloyat hokimi Zoir Mirzaevning ma`lumot berishicha, natija Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining 2020 yildagi o`rganishlariga asoslangan bo`lib, yashil toifaga 9 ta sektor, sariq toifaga 26 ta, qizil toifaga esa 25 ta sektor munosib ko`rilgan.

«Yashil toifaga faoliyati eng yaxshi deb baholangan Kasbi tumani va Qarshi shahrining uchinchi sektori, Koson va Muborak tumanining ikkinchi sektori, G`uzor, Koson va Kasbi tumanining birinchi sektori, Koson tumanining to`rtinchi sektori va Shahrisabz tumanining ikkinchi sektori kiritilgan», — dedi viloyat rahbari.

Zoir Mirzaevning qo`shimcha ma`lumot berishicha, viloyatdagi birinchi sektorlar faoliyati o`rganilganda G`uzor, Kasbi va Koson tumanining birinchi sektorlari faoliyati yashil toifaga kiritilgan, Mirishkor tumani esa qizil toifaga kirgan. Qolgan 11 nafar hudud hokimlari boshchiligidagi sektorlar faoliyati sariq toifaga kiritilgan.

Yig`ilishda, shuningdek, viloyat rahbari mavjud birinchi sektor kotiblarining qo`nimsizligini tanqid qilib, shu sabab sektor kotiblari ishining natijasiz bo`layotganini, birinchi sektor kotiblari bilan shaxsan uchrashib, muloqot qilishini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar