AsosiyJamiyat

Samarqandda YPX inspektoriga pora berishga uringan fuqaro qo`lga olindi

'Samarqandda YPX inspektoriga pora berishga uringan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

2021 yil 23 yanvar kuni Samarqand shahrining Mirzo-Ulug`bek va B.I.Yo`li qo`chalari kesishgan chorrahada haydovchi X.B. boshqaruvida bo`lgan “VAZ-2103” rusumli avtomashina yo`l harakati qoidalarining 41 va 7-bandi talablarini buznan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.  

YPX inspektori tomonidan tegishli tartibda to`xtatilib, unga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Shundan so`ng, haydovchi inspektorga avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berishi evaziga 600.000 ming so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

YPX inspektori ushbu holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB boshlig`i nomiga murojaat qilgan. 

Mazkur bildirgiga asosan, IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi hamda Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. YPX inspektoriga 600000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar