Toshkent shahri Yangihayot tumani hokimi Hayot Inog`omov ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Yig`ilishda tuman hokimligining turli lavozimlariga tayinlangan xodimlar tanishtirildi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, hokimning ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta`minlash masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga Shuhrat Nasimov Aliboevich tayinlandi.
Tuman hokimligining Hokim apparati rahbari lavozimiga Nozirbek Mo`minov Azimjonovich tayinlandi.
Tuman hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga Nigina Hakimova Alimdjanovna tayinlandi.
Tuman hokimligining Tahliliy-nazorat guruhi rahbari lavozimiga Avaz Hoshimov Mahmudjonovich tayinlandi.
Shuningdek, tuman hokimligi devonxona mudiri lavozimiga Luiza Ashirmatova Rimilevna tayinlandi.






