Iste`molchilar xuquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, tashkilotning Sirdaryo viloyatidagi tuzilmasiga iste`molchi E.N.ning qilgan murojaati kelib tushgan. Murojaatda iste`molchi banki xodimlari tomonidan ijtimoiy nafaqa pullariga majburiy tarzda lotereya sotishayotganidan norozi bo`lib mahalla nomidan chiqayotganligini bildirgan.
Aslida bank xizmatlarini ko`rsatish jarayonida, pensiya va nafaqalarga majburiy ravishda lotereya chiptalarini sotish qonun bilan qat`iyan taqiqlangan.
Ushbu holat yuzasidan hududiy tuzilma tomonidan so`rov xati yuborildi.
Bank tomonidan taqdim etilgan javob xatida ijtimoiy nafaqa pullarini tarqatish vaqtida fuqarolarga lotereya olish taklif qilingani tasdiqlangan. Xizmat ko`rsatuvchi xodim ogohlantirilib, uning oylik ish haqqidan 5 foiz jarimaga tortildi.






