Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, umumiy ovqatlanish korxonalari va ko`ngilochar ob`ektlar tomonidan soat 8:00 dan 23:00 gacha bo`lgan davrida faoliyat yuritishi bilan bog`liq bo`lgan cheklovlar bekor qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko`ngilochar ob`ektlarda jamoat xavfsizligini ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” 2019 yil 24 iyuldagi 624-son qarori talablari doirasida faoliyatni tashkil etilishiga ruxsat berildi.






