“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Ueyn Runi klub muxlislari tomonidan yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Runi yanvarda jamoasi safida 6 o`yinda 6 ta gol kiritib, haqli ravishda ushbu sovringa loyiq deb topildi.
30 yoshli hujumchi ushbu sovringa da`vogar Antoni Marsyal hamda Kemeron Bortvik-Jeksonni katta tafovut bilan ortda qoldirgan.





