AsosiyJamiyat

Koreyadan O`zbekistonga ta`tilga kelib, qolib ketganlardan elchixonaga murojaat qilishlari so`ralmoqda

'Koreyadan O`zbekistonga ta`tilga kelib, qolib ketganlardan elchixonaga murojaat qilishlari so`ralmoqda'ning rasmi

Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi taqdim etgan ma`lumotga asosan, mehnat ta`tili olib O`zbekistonga kirib kelganligiga 1 yil to`lishiga yaqin qolgan fuqarolar, o`rnatilgan tartibda elchixonaga murojaat qilishi lozim. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.

Unga ko`ra, O`zbekistonga kirib kelganligiga 1 yil to`lishiga yaqin qolgan fuqarolar (kamida 10 kun oldin) o`rnatilgan tartibda pasport, ID karta hamda elchixona tomonidan talab etiladigan konsullik xizmati uchun to`lovni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga taqdim etishi zarur. (ID kartasida viza amal qilish muddati tugagan hamda ish beruvchidan rad javobi olib, Koreya Respublikasiga kirib borish muddati tugagan fuqarolarning hujjatlari qabul qilinmaydi).

O`zbekistonga kelganiga 1 yil to`lgan bo`lsa, o`rnatilgan tartibda ish beruvchiga qayta viza berishini so`rab, murojaat qilgandan keyin Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga hujjatlarini (viza tasdiqnomasi, pasport, ID karta, konsullik xizmati uchun to`lovi) topshirishi so`raladi.

Shuningdek, shuni ma`lum qilamizki, ushbu tadbirlar Sizni Koreya Respublikasiga kirib borishingiz kafolatini bermaydi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar