AsosiyJamiyat

1 mln 514 ming dollarlik loyihalar — pandemiyada qiyin vaziyatga tushgan ayollar tadbirkorlikka yo`naltiriladi

'1 mln 514 ming dollarlik loyihalar — pandemiyada qiyin vaziyatga tushgan ayollar tadbirkorlikka yo`naltiriladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAdagi brifingda  Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi Xalqaro aloqalar bo`limi boshlig`i Guljamol Shukurova ma`lum qildi:

«O`tgan davr mobaynida pandemiya oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha Konrad Adenauer jamg`armasining O`zbekistondagi vakolatxonasi, «SOS O`zbekiston bolalar mahallalari» uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O`zbekistondagi ofisi, Koreya hamkorlik agentligi (KOICA)ning O`zbekistondagi ofisi, «Barqaror Xayot» xalqaro ijtimoiy-ma`rifat markazi, Texnik hamkorlik va rivojlanish agentligining (ACTED) O`zbekistondagi filiali bilan o`zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

 Jumladan, ayni vaqtda BMTning Bolalar jamg`armasi, Aholishunoslik jamg`armasi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, BMTning Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda «COVID-19 ga qarshi chora-tadbirlar va uning asoratlari bilan kurashish» bo`yicha 1 mln 514 ming AQSh dollari miqdorida loyihalar amalga oshirilmoqda.

 Mazkur loyiha doirasida hozirga qadar pandemiya davrida qiyin vaziyatga tushib qolgan 300 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun 256 ta tikuv mashinasi, 387 ta mebel jihozi, 70 ta pishiriqlarni tayyorlashga mo`ljallangan moslama, 240 ta sartaroshlik asbob-uskunalari berildi», dedi  Guljamol Shukurova.

    Boshqa yangiliklar