Qo`shiqchi Jahongir Otajonov Prezidentlik saylovlarida o`z nomzodini qo`ymoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik. Keyinchalik san`atkor biror tumanga hokim qilishlarini so`rab Prezidentga videomurojaat yo`lladi.
Otajonov ijtimoiy tarmoqdagi o`z sahifasida yangi partiya tuzmoqchi ekanligini aytdi.
“Biz o`zimizning “Xalq manfaatlari” demokratik partiyamizni qurultoyini o`tkazish uchun Adliya vazirligiga tashrif buyurdik” deydi sobiq san`at vakili.






