Xabar.uz internet nashrida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning sirli tashrifidan so`ng andijonlik jurnalistlar Prezidentga murojaat qilgani haqida maqola e`lon qilindi.
Shundan so`ng Andijon viloyati hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
“Elektron ommaviy axborot vositalarida «Shuhrat Abdurahmonovning sirli tashrifidan so`ng andijonlik jurnalistlar Prezidentga murojaat qilishdi ” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qiladi.
Hozirda Prezident maktablari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, 2021 yilda Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo Toshkent va Andijon viloyatlarida Prezident maktablari qurilishi rejalashtirilgan.
Ushbu maktab A. Navoiy Shox ko`chasida joylashgan Andijon shahar hokimligi va tahririyat binolarining o`rnida bunyod etilishi rejalashtirilgan.
Biroq tahririyat xodimlarining xavotiriga o`rin yo`q. Tahririyat uchun Andijon shahri markazida barcha qulaylik va sharoitlarga ega, zamonaviy bino qurib bitkazilib, tahririyat ko`chirib o`tkazilgandan so`ng qurilish ishlari amalga oshiriladi”,– deyiladi hokimlik xabarida.






