AsosiyShou-biznes

Shahzoda Matchonova: “Kinoga ko`chadan kelgan” deyishsa xafa bo`lmayman

“Talabaligimda dugonalarim bilan teatrga spektakl tomoshasiga borganman. O`shanda rejissyor Zulfiqor Musoqov meni ko`rib qolib: ‘Yolg`iz emas, faqat ota yoki onang bilan kel. O`zing kelsang, qabul qilmayman’, deya sinovga taklif qilgan”,-dedi aktrisa Shahzoda Matchonova “7x7” gazetasiga bergan intervyusida.

Shuningdek, u kasbi bilan professional darajada shug`ullanishga harakat qilishini aytib, quyidagilarni qo`shimcha qildi:

“Mendek, qo`pol qilib aytganda ‘Kinoga ko`chadan kelgan’larni o`qimagan deb tanqid qilishayotganda hecham xafa bo`lmayman. Chunki jahon kinosida bunday aktyorlar juda ko`p, ular iste`dodli, mashhur. Agar aktyor kinoga faqat mashhurlik uchun emas, balki haqiqiy ishlash uchun, bor iste`dodini namoyon qilishga kelgan bo`lsa, o`qishga imkoni bo`lmasa ham, albatta o`z ustida ishlashi shart. Men uchun kasbimdagi rivojlanish-bu ustoz san`atkorlar bilan muloqotda bo`lish. Ular bilan har uchrashuvdagi gap-so`zlarni jon qulog`im bilan tinglayman. Savollar beraman, kerakli bilimlarga ega bo`laman. Qolaversa tinmay o`qiyman, teatrlarga boraman, inson psixologiyasini o`rganaman”.

 

 

    Boshqa yangiliklar