2020 yilda O`zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 580 203,2 mlrd. so`mni tashkil etdi. 2019 yil bilan taqqoslaganda 1,6 % ga o`sdi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lum qildi.
2020 yilda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 16 949,1 ming so`mni (yoki 1 685,5 AQSh dollari ekvivalentida) tashkil etdi.
2020 yil yakuni bo`yicha YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 341 467,5 mlrd. so`m, xizmat ko`rsatish sohasida 194 363,5 mlrd. so`m miqdorida yalpi qo`shilgan qiymat yaratildi. Mahsulotlarga sof soliqlar esa 44 372,2 mlrd. so`mni tashkil etdi.






