AsosiyDunyo

Qirg`izistonning sobiq Bosh vaziri Muxammedmedli Abilgaziev hibsga olindi

'Qirg`izistonning sobiq Bosh vaziri Muxammedmedli Abilgaziev hibsga olindi'ning rasmi

Qirg`izistonning sobiq Bosh vaziri Muxammedmedli Abilgaziev hibsga olindi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi  mamlakatning rasmiy manbalariga asoslanib xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining sobiq rahbari noqonuniy boylik orttirgani yuzasidan jinoiy ish ochilgan va hibsga olingan. Bugun, 26 yanvar kuni u so`roqqa chaqirildi.

Bundan tashqari, Muhammadmediy Abilgaziev Qumtor koni bilan bog`liq ishda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.

Jinoyat ishining tafsilotlari hozircha ma`lum qilinmagan.

    Boshqa yangiliklar